O‘zbekistonda Xitoy seleksiyasining istiqbolli navlari — paxtachilikdan bog‘dorchilikkacha

Bugungi kunda O‘zbekiston hamda Xitoy munosabatlari har jabhada o‘z rivojini topmoqda. Bu borada so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik aloqalari sezilarli darajada o‘sishga erishdi.
▶Ayniqsa, joriy yil paxtachilik sohasida Xitoy tajribasining qo‘llanilishi, xorijiy g‘o‘za navlari, xususan, Xitoy navlarining mamlakatimiz yerlarida ekilishi hamda muvaffaqiyatli sinovlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda tajriba almashish yangi nav va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, eksport va import imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Xitoyning Yanglin ko‘rgazmali zonani boshqarish qo‘mitasi Modern qishloq xo‘jaligi xalqaro hamkorlik guruhi va boshqa bir qator tashkilotchilar ishtirokida ShHT qishloq xo'jaligi bazasining Xitoy savdo markazi tomonidan Toshkent shahrida “Ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini aniq buyurtma qilish, biznes imkoniyatlarini yaratish uchun sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” mavzusida o'tkazilgan ko‘rgazmali seminar ham joriy hamkorlik aloqalarining ifodasi desak, yanglishmagan bo‘lar edik.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ilg‘or olma yetishtirishga ixtisoslashgan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda ko‘chatchilik xo‘jaligi vakillari ishtirok etgan ushbu ko‘rgazmali seminarda Xitoyning olma navlari (ko‘chatlari va olma mahsulotlari) ko‘rgazmasi va marketingi bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ularda asosan, O‘zbekiston va Xitoy davlati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar atroflicha bayon etildi. Bundan tashqari ishtirokchilar Xitoydan keltirilgan olma navlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Ko‘rgazmali seminar yakunida ishtirokchilar Xitoy olma navlarini tatib ko‘rishdi hamda o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube