Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekistonda ilk bor noyob o‘simlik guar ustida tadqiqot o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor noyob o‘simlik guar ustida tadqiqot o‘tkazildi
Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotimizning hayotiy muhim tarmoqlaridan biri. Tizimda istiqbolli, noan’anaviy qishloq xo‘jalik ekinlarini introduksiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston va Rossiya davlat Qishloq xo‘jalik vazirliklari hamda mazkur yo‘nalishdagi tashkilotlar sa’y-harakati tufayli yaqindan boshlab mamlakatimizda guar o‘simligini yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Urug‘lari Hindistondan olib kelingan guar o‘simligi Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent viloyatida joylashgan Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi, Surxondaryo viloyatida joylashgan Ingichka tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti va Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida ekilib, sinovdan o‘tkazildi. Noyob xususiyatli guar dukkakdoshlar oilasiga mansub va bir yillik o‘simlik. Pishib yetilmagan dukkaklari sabzavot sifatida, pishgan doni oziq-ovqat, konditer sanoatida keng foydalaniladi. Shuningdek, poyasi va doni chorva, parranda uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Tuproq unumdorligini oshirishda esa siderat sifatida qo‘llaniladi. Qolaversa, guar o‘zining foydalanish ko‘lami bo‘yicha neft-gaz va geologiya tarmoqlarida juda manfaatli hisoblanadi. Eksportiga bo‘lgan talab ham juda yuqori. O‘simlik qurg‘oqchilikka chidamli va asosan Shimoli-g‘arbiy Hindiston, Pokiston, Sudan va AQShning janubiy qismi kabi subtropik mintaqalarda yetishtiriladi. Keyingi yillarda Rossiya Federatsiyasining janubiy hududlarida ham maydoni tez sur’atda kengaymoqda. Guar asosan sanoat ekini sifatida yetishtiriladi, lekin poyasining tarkibida protein miqdori yuqori bo‘lganligi sababli u qoramollar uchun yem-xashak sifatida ham ishlatiladi. Xususan, o‘tgan yili guar saqichiga jahonda talab keskin oshdi. Guar narxi, asosan neft konidagi slanets gaziga bo‘lgan talabning ortishi tufayli taxminan 230 foiz va undan ham ko‘proqqa ortdi. Natijada eng yirik guar ishlab chiqaruvchi mamlakat bo‘lgan Hindistonda eksport 75 foizga o‘sdi. Hindiston jahon bozorida sotilayotgan guar saqichining 80 foizini yetkazib beryapti. Tahlilchilar mahsulotning dunyo bozoridagi savdosi joriy yilda 1,31 milliardni tashkil etishi, bu ko‘rsatkich 2029-yilga borib 1,5 milliard dollarga yetishini bashorat qilmoqda. Guar oziq-ovqat, kosmetika, farmatsevtika, to‘qimachilikda zarur xomashyo sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Hindistonda qadimdan diabet, astma, shamollash kasalliklarini davolashda guardan keng foydalanib kelinadi. Guar o‘simligini qurg‘oqchil, suv bilan kam ta’minlangan va degrodatsiyaga uchragan maydonlarda ham yetishtirish mumkin. Unga jahon bozorida talab tobora ortib borayotir. Shu kabi xususiyatlarini o‘rgangan holda guar o‘simligini O‘zbekistonda ham yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida guarning dunyodagi yirik imporchisi bo‘lgan Rossiyaga 50 million dollarlik guar mahsulotlarini eksport qilish rejalashtirilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.