Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

O‘zbekiston–Belarus: agrar hamkorlik yangi loyihalar bilan boyimoqda

O‘zbekiston–Belarus: agrar hamkorlik yangi loyihalar bilan boyimoqda
Ayni paytda Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi doirasida agrosanoat majmuasidagi hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi va biotexnologiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston va Belarus qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo aloqalarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Tadbirda ta’kidlanganidek, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi 338,9 million dollarni tashkil etgan. 2026 yilning hisobot davrida esa ushbu ko‘rsatkich 291,7 million dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,7 foizga oshgan. Hamkorlik doirasida 2030 yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Ayni paytda agrar sohada 50 dan ziyod qo‘shma loyiha shakllantirilgan. Ular parrandachilik, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi. ℹ Hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qatorida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini rivojlantirish, kartoshkaning istiqbolli navlarini joriy etish, mevachilik va baliqchilik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda fitosanitariya sohasida elektron ma’lumot almashinuvini takomillashtirish ham bor. O‘zbekiston–Belarus agrar hamkorligini yangi loyihalar, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy ishlanmalar bilan boyitish ikki mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.