Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston zaminiga eng sara va hosildor navlarni ekish orqali paxta hosildorligini oshirish mumkin

O‘zbekiston zaminiga eng sara va hosildor navlarni ekish orqali paxta hosildorligini oshirish mumkin
Ayni paytda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif dasturining ilk lokatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo tumani hududida joylashgan O‘zbekiston Xitoy qo‘sh korxonasi “Peng Sheng” MCHJning paxta-dala maydoni bilan tanishildi. ▶Bu yerda 67 gektarli yer maydonida tomchilatib sug‘orish orqali 34 gektarida qo‘sh qator hamda qolgan qismida oddiy 76 sm yakka qator usulida xorijiy paxta navi ekilgan. Shuningdek, 3000 gektar yerda xitoy texnologiyasi asosida mahalliy nav yetishtirilmoqda. O‘tgan yilda 60 sentnergacha hosil olingan bo‘lsa, joriy yilda 80 sentnergacha hosil olish rejalashtirilgan. Biroq, bu yerdagi olib borilayotgan ishlar qoniqarli darajada emas. Sababi, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagan, chigit ekish texnologiyalariga ham amal qilinmagan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish ham aytarli darajada emas. Vazirning e’tiroziga sabab bo‘lgan jihat ham ayni shu. Vazir ayni jihatlarga e’tibor qaratar ekan, bu yerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi. Binobarin, dala chetlaridan ham unumli foydalanish, asrash maqsadida makkajo‘xori va supurgidan himoya devori sifatida foydalanilmagani yuzasidan e’tiroz bildirildi. Albatta, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilsa, g‘o‘zadan gektariga 80 sentner hosildorlikka erishish mumkin bo‘ladi. Maqsad paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajriba hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish. Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.