Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston yoshlari Italiyada bilim oladi

O‘zbekiston yoshlari Italiyada bilim oladi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Italiyaning Tuscia universiteti hamkorligida yangi loyiha yo‘lга qo‘yildi. Ushbu loyiha doirasida saralangan 18 nafar iqtidorli yosh magistratura bosqichida tahsil olish uchun Italiyaga boradi. Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuxurov talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashib, xorijda o‘qish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritdi hamda foydali tavsiyalar berdi. Talabalar safarga chiqishdan avval Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Genomika va bioinformatika markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi va Atyab International laboratoriyalariда bo‘lib, amaliy bilimlarini boyitishdi. Mazkur tashabbus yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda kelgusida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga yangicha qarash olib kirishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyiha doirasida nafaqat ta’lim, balki O‘zbekiston va Italiya olimlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy izlanishlar, ilmiy maqolalar yaratish, agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlar ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu esa mamlakatimiz yoshlarining nafaqat bilim, balki ilmiy-amaliy tajribalarini ham mustahkamlash imkonini beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.