Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston – Xitoy: agrar sohadagi yangi resurslarni ishga solish bo‘yicha Memorandum imzolandi

O‘zbekiston – Xitoy: agrar sohadagi yangi resurslarni ishga solish bo‘yicha Memorandum imzolandi
Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Xitoy Xalq Respublikasining “Yangling” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Unda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida agrohamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani, aynan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘zaro teng manfaatlar asosida rivojlanib borayotgani qayd etildi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi agrohamkorlik munosabatlarini nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aylanmasi ko‘rinishida, balki agrar sohadagi ilm-fan va innovatsiya, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari kabi boshqa yo‘nalishlarda ham rivojlantirish mumkinligiga alohida e’tibor qaratildi. Alisher Shukurov joriy yilda Xitoydan g‘o‘zaning kasalliklarga chidamli nav urug‘lari keltirilib ekilgani, kelgusida esa bog‘dorchilik yo‘nalishida ham hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, olmaning serhosil va eksportbop navlarini keltirib, yurtimizda yetishtirishning har ikki tomon uchun ham maqbul jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvda vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi hududida ko‘rgazmalar hududini tashkil etish va bu hududda amalga oshiriladigan ishlar masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv so‘ngida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi va “Yangling Modern Agriculture international Cooperation Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish, agrar soha uchun iste’dodli kadrlarni tayyorlash, umuman qishloq xo‘jaligida almashinuv va hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik Memorandumini imzolashdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov mehmonlarni O‘zbekiston va Xitoyning agrar sohadagi hamkorligida yangi bosqich boshlangani bilan qutlar ekan, bu Qishloq xo‘jaligidagi resurslarni birgalikda ishga solish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qo‘shimcha qiymat zanjirini oshirish orqali har ikki davlat uchun ham manfaatli bo‘lishiga alohida e’tiibor qaratdi. Imzolangan Memorandumga ko‘ra, tomonlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va korxonalari o‘rtasida texnik almashinuv yo‘lga qo‘yiladi va hamkorlikda qishloq xo‘jaligi va ilmiy texnologik yangiliklar amalga oshiradilar. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.