O‘zbekiston va Turkiya o'rtasida agrar hamkorlik yangi bosqichda

Qishloq xo‘jaligi sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash, ilg‘or xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga keng joriy etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlantirilmoqda.
Shu maqsadda Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Turkiyaning TAYSEN GIDA TARIM HAYV. TUR. MAK. SAN. VE TİC. LTD. ŞTİ. kompaniyasi vakillari — Umut Efendi, Abidan Qilich va Ug‘uz Eryilmaz bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida qishloq xo‘jaligining istiqbolli yo‘nalishlarida mutaxassislar malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qo‘ziqorin va qulupnay yetishtirish, issiqxona sharoitida pomidor va bodring yetishtirish, shuningdek, bog‘dorchilik yo‘nalishlarida zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida malaka oshirish kurslari, amaliy seminarlar, mahorat darslari va tajriba almashish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘zlashtirish va Turkiyaning ilg‘or tajribasini O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligi ta’limi va amaliyoti o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni puxta egallagan malakali mutaxassislar tayyorlash uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube