Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

O‘zbekiston va Tailand kompaniyasi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Tailand kompaniyasi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari Tailandning Charoen Pokphand Foods Public Company Ltd. (CPF) kompaniyasi Rossiyadagi vakolatxonasi bosh direktori Buree Srina boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Muloqotda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni o‘rganish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida CPF kompaniyasi, uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, agrosanoat va oziq-ovqat sohalaridagi tajribasi, xalqaro faoliyati hamda investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Rossiyadagi parrandachilik fabrikasi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Muloqotda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida chorva mollari va parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqarish, parrandachilik va chorvachilik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, biologik xavfsizlik texnologiyalari va tizimlarini tatbiq qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni aniqlash, hamkorlik shakllarini belgilash, investitsiya hajmi va zarur resurslarni baholash hamda loyihalarni tayyorlash yuzasidan fikr almashildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.