Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

O'ZBEKISTON VA POKISTON ILMIY HAMKORLIGI

O'ZBEKISTON VA POKISTON ILMIY HAMKORLIGI
Ayni kunlarda Pokiston Islom Respublikasining Faysalobod shahrida joylashgan G'allachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Iqlim o'zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligida g'allachilikning ahamiyati" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda. Mazkur xalqaro konferensiyada Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqoqt instituti direktori Oybek Amanov va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Diyor Jo'rayevlar ishtirok etmoqda. Olimlar issiqqa, sho'rga va qurg'oqchilikka chidamli g'allaning gibrid urug'larini yaratish, qo'shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro muloqot olib bormoqda. Konferensiya doirasi memorandumlar imzolash va qo'shma loyihalarni amalga oshirish reja qilingan. Mazkur xalqaro ilmiy anjuman 26-fevral kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahrida davom etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.