Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston va Koreya qishloq xo‘jaligida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgiladi

O‘zbekiston va Koreya qishloq xo‘jaligida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgiladi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Koreya Respublikasining Buyeo hokimligi Qishloq xo‘jaligi departamenti boshlig‘i boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida vasabi va shitake qo‘ziqorini yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, agrar soha mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek, Koreyada qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Koreya Respublikasidan jenshen, vasabi va shitake qo‘ziqorinini tajriba-sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtirish maqsadida mamlakatimizga olib kelish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.