Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Oʻzbekiston va Italiya: iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi agroittifoq tuziladi

Oʻzbekiston va Italiya: iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi agroittifoq tuziladi
O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi (CREA) ko‘magida qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) vakillaridan iborat bir guruh ekspertlar ishtirok etdi. Unda mamlakatning qishloq xo‘jaligi siyosati haqida ma'lumot berilib, iqlim o‘zgarishining oqibatlari va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini tuproq va iqlim sharoitiga mos ravishda ekish, yerdan oqilona foydalanish amaliyotini joriy etish masalalari o‘rtaga tashlandi. ⏩ Seminarda italiyalik mutaxassislar qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarga ham qiziqish bildirdi. Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari doirasida yaqin hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ma’lumot uchun, 5 ming 335 gektar maydonga ega CREAning 12 ta tadqiqot markazi mavjud bo‘lib, 2500 dan ortiq olimlar va 66 ta tajriba fermalari faoliyat olib boradi. Tashkilot ilmiy tajribalar o‘tkazish bilan bir qatorda, xalqaro va milliy miqyosda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.