Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston va Eron agrar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi

O‘zbekiston va Eron agrar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuxurov Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi jihodi vazirining o‘simlikchilik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Majid Anjafiy bilan video-konferensiya shaklida muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida Eron tomoniga minnatdorlik bildirilib, Eron xalqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tilandi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi agrar hamkorlik, mavjud loyihalar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Tomonlar o‘simlikchilik, urug‘chilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, baliqchilik, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnikalari va innovatsion yechimlar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar va ilg‘or texnologiyalar almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.