Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston va Belarus: qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy hamkorlik

O‘zbekiston va Belarus: qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Belarus Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Belarus Milliy fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi Vladimir Stepanovich Karanik bilan uchrashdim. Uchrashuvimizda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishlarida tajriba almashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildik. Belarus Milliy fanlar akademiyasi 1929-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatning yetakchi ilmiy tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Akademiya tomonidan ekinlar seleksiyasi, elita urug‘lar yetishtirish, kartoshkachilik, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi texnikalari, o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlarida salmoqli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Jodino shahridagi Yerchilik bo‘yicha ilmiy-amaliy markaz bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Mazkur markazda yaratilayotgan yuqori hosildor navlar, resurs tejamkor texnologiyalar, aniq dehqonchilik tizimlari hamda raqamli yechimlar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Uchrashuv davomida ushbu ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish, ilmiy muassasalarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdik. Shuningdek, 2024-yil avgust oyida O‘zbekistonning O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va Milliy genbanki vakillarining Belarusdagi mazkur markazga tashrifi hamda o‘simliklar genetik resurslarini yig‘ish, o‘rganish, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamkorligimizning amaliy natijalaridan biridir. Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ilm-fan, innovatsiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi hamkorlik kelgusida yanada rivojlanib, mamlakatlarimiz agrar sohasining barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.