Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

"O‘zbekiston ~ Rossiya" biznes forumi doirasida agrar soha ilmini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi

"O‘zbekiston ~ Rossiya" biznes forumi doirasida agrar soha ilmini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi
Xabar berib borayotganimizdek, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga amalga oshirayotgan davlat tashrifi doirasida bugun poytaxtimizdagi “Hilton”mehmonxonasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Rossiya Fanlar akademiyasi qoshidagi A. M. Proxorov nomidagi Umumiy fizika institutining direktori Sergey Gudkov o‘rtasida B2B formatida uchrashuv o'tkazildi Samimiy ruhda o‘tgan muloqot yakuni agrar soha ilmini rivojlantirishdagi g‘oyalarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan bitim tuzish yakunlandi. Shuningdek, bugungi "Rossiya-O‘zbekiston" biznes forumi doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Rossiya Federatsiyasining P. P. Lukyanko nomidagi Milliy don markazi va N. I. Vavilov nomidagi Butun Rossiya o‘simliklar genetiku resurslari instituti bilan ham hamkorlik yuzasidan bitimlar imzolashga erishildi. Bitimlar imzolangach, har ikki tomon vakillaridan intervyular oldik. Erishilgan kelishuvlar har ikki davlat agar sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, tannarxni pasaytirish va dunyo miqyosida eng global masalaga aylangan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bizni kuzatib boring! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.