Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritildi.
OncoDaily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni o‘z ichiga olgan "Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol" reytingini e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor. Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha global harakatni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasini alohida ta’kidlagan. "Ziroat Mirziyoyeva 2025-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va St. Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" nomli muhim forumga raislik qildi hamda jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. Uning faoliyatida butun dunyo bo‘ylab, ayniqsa yashovchanlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada past bo‘lgan mamlakatlarda bolalarga tibbiy yordamdan teng foydalanishni ta’minlash masalalari alohida o’rin egallaydi. U milliy strategiyalarni 2030-yilga borib saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazishdek xalqaro maqsadlar bilan bog‘lash orqali O‘zbekistonning global sog‘liqni saqlash siyosatidagi o‘rnini mustahkamladi", - deyiladi reytingda. Ziroat Mirziyoyevaning xalqaro reytingga kiritilishi uning yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashni milliy va global darajada kuchaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasining e’tirofi, shu bilan birga, Yangi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligining tasdig‘idir. Первая леди Республики Узбекистан Зироат Махмудовна Мирзиёева включена в список 100 самых влиятельных женщин в области онкологии. Международная платформа OncoDaily опубликовала рейтинг «100 самых влиятельных женщин в онкологии», куда входят лидеры, определяющие мировую повестку в сфере борьбы с раком. Среди них – Зироат Мирзиёева, Первая леди Узбекистана и председатель Попечительского совета международного общественного фонда «Zamin». Эксперты отметили её вклад в продвижение инициатив по раннему выявлению и лечению онкологических заболеваний у детей, укрепление международного сотрудничества в сфере детской онкологии, а также поддержку глобального движения по повышению выживаемости детей, страдающих тяжелыми заболеваниями. «В сентябре 2025 года она возглавила знаковый форум на Генеральной Ассамблее ООН под названием “Глобальное движение за повышение выживаемости и снижение страданий детей с раком и другими опасными заболеваниями”, организованный совместно с Всемирной организацией здравоохранения и исследовательским госпиталем St. Jude, призвав мировое сообщество к неотложным действиям по повышению выживаемости детей, страдающих раком. Её деятельность сфокусирована на обеспечении равного доступа к медицинской помощи детям во всём мире, особенно в странах, где показатели выживаемости существенно ниже. Она усилила роль Узбекистана на глобальной политической арене здравоохранения, увязав национальные стратегии с международными целями – повысить выживаемость детей с раком до 60 % к 2030 году», - отмечается в рейтинге. Включение Зироат Мирзиёевой в международный рейтинг – это не только признание её личного вклада в усиление борьбы с неинфекционными заболеваниями на национальном и глобальном уровне, но и подтверждение эффективности широкомасштабных реформ, осуществляемых в сфере здравоохранения в Новом Узбекистане. Facebook|Instagram|X

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.