Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchi olimlar, siyosatchilar va innovatorlarni…

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchi olimlar, siyosatchilar va innovatorlarni…
birlashtirgan “2026-yilning eng ilg‘or agrosanoat pionerlari” (Top Agri-food Pioneers) xalqaro ro‘yxatidan o‘rin oldi. Har uch yilda bir marta e’lon qilinadigan ushbu nufuzli ro‘yxatga bu yil Avstraliyadan O‘zbekistongacha bo‘lgan 30 davlat va olti qit’adan 40 nafar yetakchi mutaxassis kiritildi. Ular qatoridan o‘rin olish mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion yondashuvlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi. Mazkur yuksak e’tirof Ibrohim Abduraxmonovning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanganini ko‘rsatadi. Batafsil o‘qish uchun quyidagi havolani bosing: https://www.worldfoodprize.org/index.cfm/87428/49483/40_food_security_trailblazers_recognized_by_world_food_prize_foundation_in_top_agrifood_pioneers_list Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.