Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Oʻzbekiston-Hindiston: oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuv

Oʻzbekiston-Hindiston: oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuv
Bugun akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga Hindiston davlatining Nyu Delhi shahridagi Milliy o‘simlik genetikasi resurslari byurosi Pusa kampusi (ICAR-National Bureau of Plant Genetic Resources) ilmiy rahbari Ahlawat Sudhir Pla va Singh Praveen Kumar tashrif buyurdi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida  “O‘zbekiston va Hindistondagi o‘simlik genetik resurslarini boyitish va tadqiqotchilar ilmiy salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro amaliy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi ta'kidlab o‘tildi. Kelajakda ushbu loyiha davomi sifatida O‘zbekiston va Hindiston davlatlari orasida bog‘dorchilik sohasida rivojlantirish, meva tur navlarini almashish va navlar xilma-xilligini boyitish, resurslarini kengaytirish, yosh xodimlarni malakasini oshirish, seminar treninglarni Hindiston davlatlarida tashkil etish, ikki davlat oziq-ovqat xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan o‘simliklar genetik resurslarini saqlash va ularni boshqarish sohasida ilg‘or texnologiyalarni hamda olimlar imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Tashrif davomida loyiha doirasida Hindistonda o‘tkaziladigan treninglar va unda institutning mutaxasisslari ishtiroki haqida kelishuv amalga oshirildi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.