O‘zbekiston-FAO: oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi navbatdagi qadam

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abruhamonov “Birlashgan Milllatlar Tashkiloti Oziq-ovqat Tashkilotining Yevropa Mintaqaviy konferensiyasining 34-sessiyasida” ishtirok etish uchun Italiyaning Rim shahrida bo‘lib turibdi.
Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator hamkor mamlakat va tashkilot vakillari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib bordi. Binobarin, FAO bosh direktori Suy Dunyuy bilan ikki tomonlama uchrashdi.
Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda FAO bosh direktori Suy Dunyuy vazir Ibrohim Abdurahmonovning mazkur sessiyadagi ishtiroki uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada O‘zbekistonning “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” xalqaro forumini BMTning turli tadbirlardagi ishtirokini inobatga olgan holda 5-6 sentabr kunlari Toshkentda o‘tkazish taklif etdi.
Vazir mazkur forum haqida so‘z yuritar ekan, Oʻzbekistonda agrar sohani rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, raqobatbardosh, bozor va eksportga yoʻnaltirilgan sifatli mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, qoʻshilgan qiymat zanjirni yaratish, sohaga ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etishda muhim rol oʻynashi bilan ahamiyatli ekanini qayd etdi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram