Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston — Avstriya: istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston — Avstriya: istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Avstriya Fermerlar uyushmasi prezidenti, Milliy kengashning Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Georg Shtrasser boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. ℹMuloqot chog‘ida O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Qahramon Yuldashev mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yuksak baholab, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasidagi sheriklikni kengaytirish yangi imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi. Ma’lumki, hozirgi kunda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha savdo aylanmasi 2,8 million dollarni tashkil etmoqda. Tomonlar hamkorlikdagi yangi loyihalar orqali eksport-import ko‘rsatkichlarini yanada oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, uchrashuvda Avstriyaning Solid-green kompaniyasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi standartlariga mos demo-bog‘ tashkil etish, Avstriya bozoriga tayyor mahsulotlar — jumladan, to‘qimachilik buyumlari, mineral o‘g‘itlar, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bundan tashqari, yengil va oziq-ovqat sanoatida qo‘shma investitsion dasturlar ishlab chiqish, to‘qimachilik mahsulotlari, tayyor trikotaj buyumlar, texnik matolar va zamonaviy materiallar ishlab chiqarishga oid istiqbolli loyihalarni kengaytirish yuzasidan ham takliflar bildirildi. ℹMuloqot davomida, shuningdek, shok usulida muzlatish texnologiyalaridan foydalangan holda meva va sabzavotlarni qayta ishlash hamda qadoqlash quvvatlarini yaratish, mamlakat hududlarida zamonaviy issiqxona majmualarini barpo etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. O‘z navbatida, delegatsiya a’zolari mazkur loyihalarning istiqboliga yuksak ishonch bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va navbatdagi amaliy qadamlarni belgilash yuzasidan kelishuvga erishdilar. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.