O'ZBEKISTON ANDIJON FRUITEXPO 2022

Joriy yilning 20-22 aprel kunlari Andijon viloyati Qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar ilmiy-tadqiqot institutida Turkiya-O'zbekiston o'rtasida biznes va malaka oshirish forumi bòlib o'tdi. Bunda Turkiyaning 20 dan ortiq qishloq xòjaligi soxasidagi kompaniyalar o'zlarining mahsulotlari va erishgan yutuqlari bilan ishtirok etdilar hamda Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan fermer xo'jaliklar va klasterlar xodimlariga sohadagi mavjud muammolarning yechimi, Turkiya texnologiyalari bo'yicha tushuntirishlar berib o'tdi.
Ushbu forumda Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, qishloq xo'jaligi fanlari doktori A.Qurbonov ishtirok etdi.