"O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturi "Qishloq xo‘jaligida kutilgan tadqiqot: kartoshkachilikda milliy nav" mavzusiga bag‘ishlandi.

Dasturda dolzarb mavzu: kartoshkachilik va uning urug‘chiligiga eʼtibor qaratilib, ayni kunlarda mamlakatimiz yer maydonlarida ushbu mahsulot urug‘ligining to‘liq siklini yo‘lga qo‘yilganligi taʼkidlangan. Bunda respublikamizga shu paytgacha olib kirilgan, import kartoshkachilik o‘rnini bosadigan, hosildor, virus va bakteriyalardan, kasalliklardan holi bo‘lgan — milliy mahsulotimiz kartoshka urug‘liklarini arzon narxlarda mamlakatimizdagi fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish va shu orqali mahsulot tannarxini kamaytirish hamda aholi ehtiyojini qoplash ko‘zda tutilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube