Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ozarbayjonda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo uyi” ochildi

Ozarbayjonda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo uyi” ochildi
Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Caspian Agro Week–2026” xalqaro forumi doirasida “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo uyi”ning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdim. Tadbirda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, Ozarbayjon Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Mejnun Mamedov, Turkiya Respublikasi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli hamda Gruziya Atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligi vaziri David Songulashvili bilan birgalikda savdo uyining ochilishiga ramziy tarzda start berdik. Mazkur savdo uyi O‘zbekistonning agro salohiyatini xalqaro maydonda keng namoyon etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda mintaqaviy savdo aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlik siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash va strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, savdo uyi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Ozarbayjon bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borishini ta’minlab, eksport jarayonlarini soddalashtirish va ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bozor imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.