Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O'SIMLIKLAR GENETIK RESURSLARI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI "SCIENCE AND INNOVATION AWARDS" TANLOVI FINALISTI BO'LDI

O'SIMLIKLAR GENETIK RESURSLARI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI "SCIENCE AND INNOVATION AWARDS" TANLOVI FINALISTI BO'LDI
2024-yil 21-dekabr kuni poytaxtimizdagi Turkiston san'at saroyida yilning eng tantanali ilm-fan bayrami "Science and innovation awards" bo'lib o'tadi! Mazkur tadbirda yilning eng yaxshilari aniqlanadi va rag'batlantiriladi. Taqdirlash turli nominatsiyalarda bo'lib o'tadi. "Yilning eng yaxshi ilmiy-tadqiqot instituti" nominatsiyasi finalistligiga Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti ham tanlab olingan. Milliy markaz rahbariyati institut jamoasiga tanlovda eng yuqori natijani egallashi va munosib rag'batlantirilishida omad tilaydi! Tadbir tashkilotchilari: "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali UzreportTV telekanali Tadbirda quyidagi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi: 1. "Yil olimi" (1 nafar, 5 000 AQSH dollori pul mukofoti); 2. Yilning eng yaxshi yosh olimi (1 nafar, 5 000 AQSH dollori pul mukofoti); 3. Yilning eng yaxshi Oliy ta'lim muassasasi (1 ta); 4. Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti (1 ta). Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.