O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan institutida uzoq yillar mehnat qilib nafaqaga chiqqan "mehnat faxriylari"ning…

holidan xabar oldi. ⌛Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi xodimlari Qibray tumani Botanika mahallasida istiqomat qilayotgan mehnat fahriysi Yeshipova Gulfara Jo'rayevna xonadonida bo'lishdi. Hozirda onaxon 78 yoshni qarshilagan bo'lib, mehmonlarga o'zining mehnat davri, o'sha davrdagi ilmga bo'lgan e'tiborsizlik, qiyinchiliklar haqida so'zlab berdi. Gulfara Jo'rayevna bilan dildan suhbat qilinib, esdalik sovg'alari topshirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube