Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘simlik o‘sishini boshqaruvchi regulyatorlar, immunomodulyatorlar, antistressantlar hamda biologik moddalardan unumli va to‘g‘ri foydalanishning ahamiyati

O‘simlik o‘sishini boshqaruvchi regulyatorlar, immunomodulyatorlar, antistressantlar hamda biologik moddalardan unumli va to‘g‘ri foydalanishning ahamiyati
Bugun qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “O‘zbekiston Respublikasida g'o‘zadan yuqori va sifatli hosil olishda uning o‘sishini boshqaruvchi regulyatorlar, immun tizimini mustahkamlovchi immunomodulyatorlar, antistressantlar hamda biologik moddalardan foydalanish samaradorligi” mavzusida seminar tashkil etildi. ⏺Seminarda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti professori Shuhrat Abdualimov ekinlarini parvarishlashda ularning o‘sishini rag‘batlantiruvchi va jadallashtiruvchi, immunomodulyator vazifasini bajaruvchi stimulyatolardan foydalanish, ularni to‘g‘ri va tavsiya etilgan miqdorlarda qo‘llash, go‘zaning shonlash va gullash davrida o‘simlikning o‘sishini zarur bo‘lgan moddalar bilan qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tdi. ⏺Professor Sh.Abdualimov so‘zining so‘ngida stimulyatorlarning atrof muhit va o‘simlik tarkibiga zarar yetkazmaydigan turlaridan foydalanish, navlardan yuqori hosildorlik olishni ta’minlash, organik paxta yetishtirish hajmini oshirish kabi masalalar bugun paxtachilik sohasining oldiga qo‘yilgan ustuvor maqsadlar ekanligi haqida so‘z yuritdi. Seminar yakunida ma’ruzachi tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi va mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashindi. Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling: WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.