Loyiha nomi:
Orolning qurigan tubida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos qashqarbeda, oq jо‘xori, xashaki lavlagi, jaydar kabi chorva uchun ozuqabop ekinlar navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish
Kutilayotgan natijalar:
1. Bugunga qadar javdarning Shalola navi urug‘lari PriBioFito, Teriya-S, Fitovak kabi biopreparatlar bilan ishlov berilgan holda, shuningdek, ekiladigan egatga «Udachniy sezon», organik kompleksi bio-о‘g‘itini, biogumus, mikoriza hamda ikki xil, ya’ni suyuq va kristalsimon gidrogellarni qо‘llagan holda ekildi. Bunda har bir variant qator oralig‘i 60 sm, uzunligi 10 m qilib ikki qatordan ekildi. Istituda yaratilgan suv tanqisligi va shо‘rlanishga bardoshli bо‘lgan qashqarbeda ekinining Qibray navi ham Orolning qurigan tubida nolinchi nuqtasida turli xil usullarda, har xil biopreparatlar bilan ishlov bergan holda, hamda turli oranik о‘g‘itlarni qо‘llagan holda ekildi.
2. Orolbо‘yi hududda Kegeyli tumanida tashkil etilgan tajriba kо‘chatzorida kuzatuv nazorat ishlari olib borildi. Ushbu tashkil etilgan tajriba kо‘chatzorida institutda yaratilgan qashqarbedaning «Qibray» navi va javdarning «Shalola» navi 7 xil variantda har biri 4 tadan takrorlanishda ekilgan.
3. Orolbо‘yi hududda Xо‘jayli tumanida tashkil etilgan tajriba kо‘chatzorida kuzatuv nazorat ishlari olib borildi. Ushbu tashkil etilgan tajriba kо‘chatzorida institutda yaratilgan sulining «О‘zbekiston keng bargli» navi 9 xil variantda, javdarning «Shalola» navi 9 xil variantda va tritikalening «Kumushsimon prag» navi 8 xil variantda har biri 4 tadan takrorlanishda ekildi.
Bajarish muddati:
2025-2027 yy
