ORGANIK O‘G‘ITLAR QANDAY AHAMIYATGA EGA?

Dala ishlarining yillik doirasi organik o‘g‘itlarni berishdan boshlanadi.
Kuzda yoki qishning boshida maydonning butun yuzasi bo‘ylab 1 m2 ga 10 kg hisobidan dag‘al organik o‘g‘itlarni sepib chiqing.
O‘g‘itlar ildizmevalilar va butgullilar oilasiga mansub o‘simliklar ekiladigan maydonlarga beriladi., Unumdorligi juda past yerlarga esa chirigan go‘ng yoki kompost bir tekis yaxshilab sepib chiqiladi.
Maʼlumki, hamma xo‘jaliklarda ham qishloq xo‘jalik hayvonlari boqilavermaydi, go‘ngni sotib olish esa ancha qimmatga tushadi.
Shu bois xo‘jalik sharoitida o‘simlik qoldiqlari va oshxona chiqindilaridan kompost tayyorlashni o‘rganib olish maqsadga muvofiq.
Bizning kanalimizga obuna buling