OLTINGUGURTNING OHAKLI QAYNATMASI

TAYYORLASH VA QО‘LLASH BО‘YICHA TAVSIYANOMA
Oltingugurtning ohakli qaynatmasi, odatda qо‘llashdan oldin tayyorlanadi. Uni tayyorlash uchun oltingugurt talqoni, sо‘ndirilmagan ohak va suv lozim bо‘lib, 2:1:17 nisbatda olinadi, ya’ni 20 kg oltigugurt kukuni, 10 kg yuqori sifatli sо‘ndirilmagan ohak va 170 litr suv olinadi. 50 litr suvga esa 3 kg ohak va 6 kg oltingugurt ishlatiladi. Tayyorlangan qozondagi maxsulot qaynab chiqqandan sо‘ng qaynatish 70-80 daqiqa davom ettiriladi. Qaynatish jarayonida bug‘lanib ketgan suvning о‘rniga belgilangan suyuqlik satxiga yetguncha suv qо‘shib boriladi. Qaynatishni tо'xtatishga 20 daqiqa qolgunga qadar suv qо‘shish davom etadi. Qaynatish davomida suyuqlik olcha qizil rang tusga kirishi kerak.
Manba: Dunyo bo'ylab telekanali Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube