Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

OLIMLARIMIZ XITOYDA XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETDI

OLIMLARIMIZ XITOYDA XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETDI
Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh ilmiy xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Huazong qishloq xo'jaligi universitetida o'z malaka va tajribalarini oshirayotgani haqida avval ham xabar bergan edik. 14 kunga mo'ljallangan malaka oshirish kursi davomida olimlarimiz "Sholi genetikasi, urug'chiligi va ko‘chat usulida sholi ekish asoslari" mavzusida xalqaro simpoziumda ham ishtirok etdi. Mazkur simpozium ochilishida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov online ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga tabrik nutqini yo'lladi. "Bizning Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutimiz va Xitoy milliy sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti o’rtasida “Xitoy va O‘zbekistonning elita genetik resurslaridan foydalangan holda urug‘idan ekishga qulay sholining genetik asoslarini o‘rganish va rivojlantirish” mavzusidagi qo’shma hamkorlik ilmiy-amaliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunda sholichilik ilmiy-tadqiqot istituti va Xitoy milliy sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti “O‘zbekiston va Xitoy sholi resurslarini genetik baholash orqali issiqlikka chidamli sholining nav va liniyalarini takomillashtirish” mavzusidagi qo’shma hamkorlik ilmiy-amaliy loyihasi boshlanish arafasida. Bu kabi hamkorliklar kelgusida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi"- dedi Shuhrat Otajonov o'z nutqida. Shuningdek, simpoziumda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi Muhammadjon Ergashev “Xitoy va O‘zbekistonning elita genetik resurslaridan foydalangan holda urug‘idan ekishga qulay sholining genetik asoslarini o‘rganish va rivojlantirish” loyihasi doirasida erishilgan natijalar haqida taqdimot qildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.