Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Ochiq_ma’lumotlar

Ochiq_ma’lumotlar
Genetik resurslarni asrash borasidagi natijalar Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti 103 xil ekin turining 43 855 namunalari Milliy Genbankda tirik holda saqlanmoqda. 47 xil ekin turining 4078 ta namunalarining eski reproduksiya urug‘lari unuvchanligi qayta tiklandi. 22 xil ko‘p yillik o‘simliklarning 5002 ta namunasi Dala genbankida tirik holda saqlanmoqda. Behi eski kolleksiya bog‘i yangi joyga ko‘chirildi. Uzumning 398 ta namunalari ko‘chatlari yangi bog‘ tashkil etish uchun tayyorlandi. Milliy genofond 1405 ta namunaga boyitildi. Introduksiya Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Meksika, Livan, Xitoy, Hindiston davlatlaridan 486 namuna; Respublika hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalardan 794 namuna; Ilmiy muassasalardan olingan namunalar 125 ta. 21 ta ilmiy muassasaga 32 xil ekin turining morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega bo‘lgan 1125 ta kolleksiya namunalari birlamchi manba sifatida foydalanish uchun berildi. Institutda yaratilgan va respublikamiz uchun istiqbolli bo‘lgan makkajo‘xori, kungaboqar, mahsar, yeryong‘oq, kunjut, bug‘doy, mosh va boshqa ekinlarining nav va duragaylaridan 147 tonna yuqori avlodli urug‘lari tayyorlanadi. Seleksiya Uzumning "Baraka" va "Fayz", Mushmulaning "Yagona", Yumshoq bug‘doyning “Obod”, “Oq suv”, “O‘ITI-1”, “Barqaror” va “Nurafshon” navlari Soyaninig “Zarbuloq” navi Ko‘pyillik bug‘doyning “Hayot” Qovunning “Saboh” va “Soyli” navi yaratildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.