OAV_biz_haqimizda

An’anaga ko‘ra bu yil ham “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” mamlakatimizda ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu bayram OAVning ham hafta yakunidagi asosiy mavzusiga aylandi.
Xususan, “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida ham sana munosabati bilan tahliliy material efirga uzatildi.
Lavhadan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Shuhrat Otajonov intervyusi ham o‘rin olgan. Shuhrat Otajonov o‘z intervyusida joriy yilgi paxtachilik mavsumida sohada qanday ilmiy innovatsion usullar qo‘llanilgani haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
Lavhani rasmiy telegram kanalimizda ham tamosha qilishingiz mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube