OAV_biz_haqimizda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida “O‘zbekiston – KOPIA hamkorlik loyihalari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Milliy markaz hamda Janubiy Koreyaning KOPIA tashkiloti bilan 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda sog‘in sigirlarni boqish, seleksiya ishlarini jadallashtirish va sut mahsuldorligini oshirish”, “Namunali chorvador qishloqlar”, “Sholi yetishtirishda mexanizatsiyadan foydalangan holda organik dehqonchilikni rivojlantirish” hamda “Qishloq xo‘jaligi bilim va innovatsiyalarini tarqatish ilmiy-amaliy xizmatlar markazini tashkil etish” texnik yordam loyihalarini O‘zbekistonda amalga oshirishda hamkorlik qilib keladi.
Forumdan esa loyihalar doirasida erishilgan natijalarni baholash va ularni keng ommaga tanishtirish maqsad qilingan.
Forum tafsilotlari UzA.uz hamda NUZ.UZda yoritildi