Loyiha nomi:
Noyob zotli hayvonlarni genetik jihatdan pasportlashtirish uchun molekulyar panellar ishlab chiqish
Kutilayotgan natijalar:
1. Ilmiy loyiha doirasida Bushuev zotli qoramollardan qon namunalari olindi va genetik laboratoriyada DNKsi ajratilib, sut mahsuldorligiga javob beruvchi beta-kazein va beta-laktoglobulin kabi genlarning о‘zgarishi о‘rganildi. Bushuev zotiga mansub «Sherxan» laqabli naslli buqanining qonida zebusimon, gereford va jersey qoramol zotlari genlari mavjudligi aniqlandi.
2. Bushuev zotiga mansub qoramolning Beta-kazein (CSN2) va Beta-laktoglobulin (BLG) muhim genlari PZR amplifikatsiya qilindi va sekvenlandi hamda GenBank NCBI xalqaro malumotlar bazasiga PP504900 va PV038021 Genbank ID raqami bilan kiritildi.
3. Beta-kazein genining (CSN2) aniqlangan nukleotidlar ketma-ketligi va uning kodlaydigan oqsilning tahlili shuni kо‘rsatdiki, Bushuev zotli «Sherxan» laqabli nasldor buqada Beta-kazein A2A2 (g.4388C/g.4388C) gomozigota genotipi aniqlandi. Ushbu genotipli qoramollar A2 sutini beradi. Bu sut shifobaxsh bо‘lib, organizmda oson hazm bо‘ladi va ba’zi kasalliklarni (2-turdagi qandli diabet, yurak-qon tomir va nevrologik kasalliklar) rivojlanish xavfni kamaytiradi.
Bajarish muddati:
2023-2026 yy
