Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Noyob mahsulot

Noyob mahsulot
Dunyoda faqatgina Yaponiyaning shimoliy Xokkaydo orolida kam miqdorda, yiliga 100 dona yetishtiriladigan Densuke navli tarvuz dunyodagi eng noyob tarvuzlardan biri hisoblanadi. Uni bozor yoki do‘kondan topolmaysiz.. Mahsulotni faqatgina kim oshdi savdosi orqali sotib olish mumkin. Tarixdagi eng qimmat Densuke tarvuzi 2019-yilda 750 000 yapon iyenasi (6000 dollar) ga kim oshdi savdosiga qo‘yilgan edi. So‘nggi ikki yil ichida Covid-19 pandemiyasi tufayli narxlar tushib ketdi, ammo Densuke tarvuzi hozirgacha dunyodagi eng qimmat nav bo‘lib qolmoqda. O‘zining qora va yaltiroq tashqi ko‘rinishi bilan tanilgan Densuke tarvuzlarining rangi tiniq, shirinligi boshqa tarvuz navlariga qaraganda yuqori va urug‘lari kamroq ekani aytiladi. Tarvuzni sinab ko‘rgan omadlilar, uning ta’mi tarvuzga o‘xshashligini, faqat yaxshiroq ekanini ta’kidlaydi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.