NOАN'АNАVIY MOYLI EKIN RIJIK NАVLАRINING АFZАLLIKLАRI:

Global iqlim oʼzgarishlar sharoitida issiqlik tushgunga qadar pishib yetiladi. Bunda: issiqlik tushgunga qadar urugʼ toʼla pishib yetiladi, urugʼning sifat koʼrsatkichlari yuqori boʼladi. Oʼsimlik butun vegetatsiya davrida 2 marta sugʼoriladi.
Oʼrimdan soʼng takroriy ekin sifatida ekiladigan soya, kungaboqar, makkajoʼxori boshqa ekinlar toʼliq pishib yetiladi, yerlardan foydalanish samaradorligi ortib, bir yil davomida ikki hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Xususan, bugungi kunda institutda yogʼ-moy sanoatida katta istiqbol yaratilishi va respublikamizda yangilik boʼlishi kutilayotgan rijik oʼsimligini mamlakatimiz iqlim sharoitidan kelib chiqgan holda itemolbop, shifobaxsh, moyliligi yuqori, sovuqqa va qurgʼoqchilikga chidamli resurs tejamkor noanʼanaviy ekinligini hisobga olgan holda yetishtirish agrotexnalogiyasi ishlab chiqildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube