Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

NOAN’ANAVIY GUAR O‘SIMLIGI USTIDA TADQIQOTLAR DAVOM ETMOQDA

NOAN’ANAVIY GUAR O‘SIMLIGI USTIDA TADQIQOTLAR DAVOM ETMOQDA
So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi noan’anaviy ekin turlari bilan boyib bormoqda. Endi guar o'simligi ham ana shunday ekin turlari orasidan joy oldi. Boisi, ikki yildan buyon ushbu o‘simlik ustida olimlarimiz tadqiqot o‘tkazmoqda.Tadqiqot Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan olib borilmoqda. Bugun Milliy markazda bo‘lib o‘tgan "Drayver ilmiy loyihalar" mavzusidagi davra suhbatida dastlabki natijalar taqdimot qilindi. Taqdimot ilmiy muassasa laboratoriya mudiri Hamidulla Hasanov tomonidan amalga oshirildi. U o‘z ma’ruzasida ishtirokchilarni guar o‘simligining biologik xususiyatlari va qimmatli xo‘jalik jihatlari, iqlimga moslashuvchanligi hamda tadqiqot davomida olingan natijalar tahlili bilan tanishtirdi. Davra suhbati ishtirokchilari ushbu o‘simlik ustida olib borilayotgan tadqiqot dolzarb ekanligini, natija ijobiy bo‘lganda ushbu o‘simlikdan olinadigan mahsulotlar mamlakat eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Shu bois tadqiqotni takomillashtirish lozimligi bildirildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ You

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.