Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Navoiyda bugʻdoydan keyin ekilgan paxta pishdi

Navoiyda bugʻdoydan keyin ekilgan paxta pishdi
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy tajriba stansiyasida 2024-yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida bugʻdoyning “Ultra” navi ekilib, 2025-yil 17-may kuni o‘rib-yig‘ib olindi va 1 gektardan 64 sentner hosil yetishtirildi. Bu natija stansiya olimlari va agronomlarining ilmiy asoslangan parvarish uslublari, sifatli urug‘lik tanlovi hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilgani bilan izohlanadi. Oradan ko‘p o‘tmay, 2025-yil 19-may kuni dalaga paxtaning mahalliy S-01 navi ekildi. Bugungi kunda ushbu paxta ekinlari to‘liq yetilib, 1 gektardan 40 sentnergacha hosil olinishi kutilmoqda. Tajriba stansiyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu natijalar ilmiy asoslangan yondashuv va yangi agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.