Navoiy viloyatida chigit ekishga yer tayyorlash, kartoshka, sabzavot ekish ishlarining borishi, koʼchatlar ekish hamda gʼalla parvarishi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Navoiy viloyatida 2023-yil hosili uchun 28155 gektar maydonlarda chigit ekish, 3200 gektar kartoshka, 3241 gektar sabzavot, 547 gektar poliz ekinlari ekish rejalashtirilgan.
Viloyat agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan hududlarda chigit ekishga yer tayyorlash, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarning ekish ishlari va amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarning borishi oʼrganildi. Oʼrganish natijasida quyidagilar aniqlanib joylarda tegishli tavsiyalar berildi.
Jumladan, Karmana tumani А.Navoiy hududidagi “Nurmuhammad barakali dalalari” f/x, Xatirchi tumani, Zarafshon hududidagi “Zarafshon chorvasi 2018” f/xlari dala maydonlarida chigit ekish ishlarini qisqa va maqbul muddatlarda sifatli ekish yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram