Navbatdagi kartoshka mahsulotining sifati o‘rganish tadbirlari Samarqand tumanida olib borildi.

Joriy yilning 23-may kuni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori A.To‘rayev raisligida ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishida Qoraqolpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Agroxizmatlar markazlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4704-sonli (06.05.2020) qarorining bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar to‘plash vazifasi yuklatildi.
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Samarqand viloyat agroxizmatlar markazi xodimlari 27-may kuni Samarqand tumanida bo‘ldi.
To‘plangan ma’lumotlar tahliliga ko‘ra 2022-yil uchun Samarqand tumanida jami 523 ga maydonga kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib amalda reja 100 % bajarilganligi aniqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring!
Web page | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube