Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

NATIJALAR SARHISOB QILINMOQDA

NATIJALAR SARHISOB QILINMOQDA
Ayni daqiqalarda Milliy markazda Sholichilik ilmiy-ilmiy tadqiqot instituti Janubiy Koreya Respublikasining KOPIA xalqaro tashkiloti bilan amalga oshirilayotgan ''Sholining serhosil navlarini tanlash, zamonaviy texnologiyalarga ega urug‘chilik asosida O‘zbekistonda barqaror oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash'' hamkorlik loyihasining 2024-yil davomida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari natijasiga bag‘ishlangan yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki hisobot KOPIA tashkilotining O’zbekistondagi markazi direktori Oh Sung Jong tomonidan taqdim etildi. Ma’lim qilinishicha, joriy yilda 330 gektar maydonda serhosil sholi navlarini yaratish va yuqori avlodli urug’lik yetishtirish ustida tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, sholidan bir yilda ikki marta hosil olish ustida olib borilayotgan tadqiqotlar davom ettirilgan. Bundan tashqari, besh yilga mo’ljallangan 3,7 million dollarlik loyiha doirasida Sholichilik ulmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy texnikalar taqdim etildi. Kelgusi yilda esa bu boradagi hamkorlik ko’lami yanada kengaytirilib, innovatsion agrotexnologiyalari qo’llash orqali serhosil navlarni yaratish va bozorda guruch narxining barqarorligini ta’minlash maqsad qilingani ta’kidlandi. Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ikki do’st davlat tomonidan barcha sohalarda bo’lgani kabi agrar soha ilm-fanini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ijobiy natija berayotganligini, bunda KOPIA tashkilotining muhim o‘rni bor ekanligini qayd etdi. Ayniqsa, sholichilikni rivojlantirish borasidagi hamkorlik natijasida tarmoqni mexanizatsiyalash, yangi agrotexnologiyalari qo‘llash borasida sholichilikda ham yangicha qarashlar, ijoriy natijalar qo‘lga kiritilayotganligini mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Ta’kidlandiki, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda nafaqat sholidan olinadigan guruch mahsuloti narxini bozorda barqaror saqlash, balki eksport qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lamiz. Shundan so‘ng Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining doktorantlari tomonidan KOPIA tashkiloti bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy loyihalarning bu yilgi natijalarining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotlarda tadqiqot jarayonlarning har bir bosqichida qo‘lga kiritilgan natijalar tahliliy ravishda bayon qilindi. Bugun kun davomida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan sholining yangi navlaridan olingan hosilning ko‘rsatkichlarini baholash tadbiri ham bo‘lib o‘tadi. Natijalarni rasmiy sahifalarimizda bayon qilamiz. Bizni kuzatib boring! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.