Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari To'raqo'rg'on tumani "Zabardast G'ayrat" hududida

Tumanda 2023 yil Ipak qurti boqish va pilla olish uchun 3390 ta qutida ipak quri parvarish qilinmoqda. Ularning 1500 tasi Xitoy davlatidan keltirilgan gibrid uruglar 1890 tasi mahalliy uruglar hisoblanadi. Har bir qutida 19 grammdan qurt bo`lib 62-65 kg dan pilla olish rejalashtirilgan. Hozirda tumanning barcha hududlarida qurt tarqatish ishlari olib borilmoqda
Ipak qurtning Qurtlik davri monovoltin zotlarda 25—27 kun, bivoltin zotlarda 20 kun. Shu davrda qurt 4 marta poʻst tashlab, 5-yoshni oʻtaydi va pilla oʻrashga kirishadi. Pilla oʻrash 3 kun davom etadi. Qurt pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri haroratga qarab, 2—3 hafta davom etadi. Gʻumbak tanasi duksimon boʻlib, xitin bilan qoplangan, harakatlanmaydi. Rivojlanish davom etib, gʻumbak kapalakka aylanadi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube