MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA:

QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH – YANGICHA TARAQQIYOT OMILI!
ZAMONAVIY TEXNIKALAR – HOSILDORLIK VA SAMARADORLIK GAROVI!
Bugun qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnikalarni keng joriy etish, inson mehnatini yengillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish sohaning eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
7 MINGGA YAQIN ZAMONAVIY TEXNIKA VA AGREGAT!
2026-yilda mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish maqsadida hududlarga 2 mingdan ortiq funksiyali seyalka, 800 dona paxta terish mashinasi 700 dona traktorlar, 200 dona lazerli yer tekislagich, 140 dona g'alla o'rish kombaynlari va 3160 dona boshqa turdagi texnika va agregatlar yetkazib berildi.
PAXTANI MASHINALARDA TERIB OLISH DARAJASI – 70 FOIZ!
Qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlarida texnik imkoniyatlarni kengaytirish orqali paxta hosilini paxta terish mashinalari yordamida terib olish darajasini 70 foizga yetkaziladi.
SAMARADORLIK SARI YANGI QADAM!
Zamonaviy texnikalar daladagi ishlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Bu boradagi keng ko‘lamli yangilanishlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini zamonaviy, yuqori unumli va raqobatbardosh sohaga aylantirishga mustahkam zamin yaratmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram