Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Qadrli yurtdoshlar, agrar soha ilm-fani fidoyilari! Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimiz, yurtimiz taraqqiyoti va bunyodkorligimizning mustahkam poydevoridir. Bugun mamlakatimiz taraqqiyotida agrar sohaning o‘rni tobora yuksalib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi ilm-fani, innovatsiyalar va zamonaviy bilimlar esa sohani yangi bosqichga olib chiqishning muhim omiliga aylanmoqda. Yangi nav va texnologiyalar yaratish, ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish yo‘lida mehnat qilayotgan olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislar hamda agrar soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha fidoyi insonlarning mehnati yuksak e’tirofga loyiq. Zero, ilm-fan va innovatsiyalarga tayangan qishloq xo‘jaligi — mo‘l hosil, oziq-ovqat xavfsizligi va xalqimiz farovonligining muhim garovidir. Shu qutlug‘ ayyomda barcha agrar soha vakillari, ilm-fan fidoyilari va yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, ezgu maqsadlar yo‘lida kuch-g‘ayrat hamda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin, xalqimiz farovon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.