MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari ta’sis etilgan edi.
Navoiy viloyati hokimligida turli soha vakillariga mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari tantanali topshirildi.
Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi rahbari Zaripov Habib Salimovich ham taqdirlanganlar qatoridan joy oldi.
AKIS UZBEKISTAN