Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mulcha qo‘llangan maydonda oshqovoq rivojlanishi tezlashdi

Mulcha qo‘llangan maydonda oshqovoq rivojlanishi tezlashdi
Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida dala chetlariga ekilgan oshqovoqlarda mulchalash texnologiyasining samaradorligi amaliy tajriba orqali yaqqol namoyon bo‘ldi. 2026-yil 7-may kuni bir vaqtda ekilgan oshqovoqlarning rivojlanishida sezilarli farq kuzatildi. Oddiy tuproqqa ekilgan o‘simliklar hali vegetativ rivojlanish bosqichida bo‘lsa, polietilen plyonka (mulcha) ostida yetishtirilgan oshqovoqlarda yirik mevalar shakllanib, rivojlanish jarayoni ancha ilgarilagani qayd etildi. Mutaxassislar fikricha, bunday natija mulchalash texnologiyasining tuproqdagi namlik va harorat rejimini yaxshilashi bilan bog‘liq. Polietilen plyonka tuproq namligining bug‘lanishini kamaytiradi, ildiz qatlamida barqaror haroratni saqlaydi hamda o‘simlikning suv va oziqa moddalarini o‘zlashtirishini yaxshilaydi. Ayniqsa, Qashqadaryoning quruq va issiq iqlim sharoitida mulcha ostidagi tuproq haroratining optimal darajada saqlanishi ildiz tizimi faoliyatini kuchaytirib, o‘simlikning o‘sish va rivojlanish jarayonlarini jadallashtiradi. Natijada ekinning fenologik bosqichlari tezroq kechadi va hosil shakllanishi erta boshlanadi. Mazkur tajriba mulchalash texnologiyasi sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirishda samarali agrotexnik usullardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.