MOSH YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI

Asosiy ekin sifatida (bahor mavsumida) mosh ekishda dalani tayyorlash uchun kuzda shudgor o‘tqaziladi. Bahorda chizellash, boronalash va ariqlarni ochish ishlari olib boriladi.
Takroriy (yoz mavsumida) ekish uchun oldingi ekindan keyin yer haydaladi. Chizellash, boronalash va egat olish ishlari olib boriladi.
Kuzgi bug‘doy hosilini kechgi yig‘im terimdan keyin yerni haydamasdan dalani mosh ekish tayyorlash uchun dala sug‘oriladi va egatlarni orasidan chizel yordamida mosh urug‘larni ekish uchun egat olinadi.
Organik dehqonchilikda esa resurs tejamkor texnologiyasidan foydalanganda yerni haydamasdan texnika yordamida qatorlar ochiladi va mosh urug‘lari ekiladi. Bahor faslida urug‘lar 10-20 aprelda, yoz mavsumida esa 15-iyundan - 1-iyulgacha ekilishi zarur. 5-iyuldan so‘ng ekilgan moshning hosildorligi past bo‘ladi.
Ekish sxemasi: 70 sm x 15-20 sm. Katta maydonlarda mosh don seyalkalari yordamida, kichik maydonlarda esa qo‘lda tesha bilan ekiladi. Urug‘larni ekish chuqurligi 3-5 sm bo‘lishi lozim. O‘rtacha urug‘ sarfi- 16,0 kg/ga.
Mosh qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, suvni ko‘p talab qilmaydi. Lekin, tuproq namligini doimo me’yorida saqlab turish maqsadga muvofiqdir. O‘suv davri davomida 2-3 marta sug‘oriladi. Mosh urug‘lari unib chiqishi uchun va gullashdan avval albatta sug‘orish kerak. O‘simlikning suvga bo‘lgan talabi bahorgi muddatda 1500 m3, yozgi muddatda esa- 2000 m3. Dukkaklari paydo bo‘lgandan so‘ng ular to‘la yetilishi uchun o‘simliklarni sug‘orish tavsiya etilmaydi.
Moshning o‘sish va rivojlanish davrlarida asosiy e’tiborni begona o‘tlardan tozalash uchun agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Vegetatsiya davrida kichik maydonlarda qator oralig‘ini qo‘lda 1-2 marta chopiq va kattaroq maydonlarda esa 1-2 marta texnika yordamida o‘g‘itlarni solishdan va sug‘orishdan oldin kultivatsiya qilish talab etiladi. Aralashgan o‘g‘itlardagi azot o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga yaxshi ta’sir etadi. Ayniqsa, fosforli o‘g‘itlar ekinni ekishdan avval berilishi kerak, chunki fosfor tuproqda o‘simlikka ta’sir etishi uchun ma’lum vaqt zarur.
⌛Asosiy (bahor mavsumida) mosh ekish uchun dalani kuzda yer haydashdan oldin gektariga 40-60 kg sof modda hisobida fosfor va 20-40 kg kaliy o‘g‘itlari solinadi. Azotli o‘g‘itlarni ekishdan oldin va o‘suv davrida 20-30 kg miqdorida oziqlantiriladi. Shonalash va gullash davrida 20-30 kg fosfor va 10-20 kg kaliy solinadi. Takroriy (yoz mavsumida) yer haydalganda gektariga sof modda hisobida 40-60 kg fosfor, 20-40 kg kaliy va 20-30 kg azotli o‘g‘itlari solinadi. Shonalash va gullash davrida 20-30 kg azot, 20-30 kg fosfor va 10-20 kg kaliy solinadi. yerni haydamasdan yozgi mavsumda mosh ekishdan avval yuqorida ko‘rsatilgan o‘g‘it miqdori yerga solinadi.
Mosh dukkagi oktabr oyining birinchi o‘n kunligida pishganidan so‘ng kichik joylarda hosilni yig‘ish qo‘lda amalga oshirildi. Katta maydonlarda hosil g‘alla yig‘uvchi kombaynlar yordamida hosil yig‘ib olindi, tozalash alohida o‘tkazilib, maydalandi, kalibrlash va qadoqlash mahsus jihozlangan uskunalarda amalga oshiriladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube