Mo‘l hosil sari: Etefon qo‘llashning amaliy natijalari

Buxoro viloyati Romitan tumani Nurafshon hududidagi “Abror Sardor Nokzorlari” fermer xo‘jaligi g‘o‘za maydonlarida etefon preparati qo‘llanilishi natijasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda.
Mazkur preparat g‘o‘zaning bir maromda pishib yetilishi va ko‘saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib olish uchun qulay sharoit yaratadi.
Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon preparatini belgilangan me’yorlar va agrotexnik tavsiyalar asosida qo‘llash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram