MISR ARAB RESPUBLIKASI PAXTAСHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI VAKILI BILAN UСHRASHUV

⏭Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Misr Arab Respublikasi Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari professor Abeer Samir Arafa bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqot davomida Abeer Samir Arafa institut faoliyati, olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning yangi namunalari bilan yaqindan tanishdi va fikr almashdi.
Uchrashuvda tomonlar o'rtasida hamkorlik qilish yo'nalishlari muhokama etildi va tajribalar almashish hamda Misr Arab Respublikasi sharoitida paxta yetishtirish va hosilini yig'ishtirish masalalari bo'yicha ikki tomonloma loyihalar bajarishga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube