Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Mirzacho’lda mo’l hosil: Paxtalar deyarli terimga tayyor

Mirzacho’lda mo’l hosil: Paxtalar deyarli terimga tayyor
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Jizzax viloyatiga ishchi tashrifi davomida Mirzacho‘l tumanidagi “Bibinur, Ziyoda” fermer xo‘jaligining paxta dalalarida amalga oshirilayotgan zamonaviy agrotexnik tadbirlar o‘rganildi. Umumiy maydoni 61,5 gektar bo‘lgan dalalarda g‘o‘zaning serhosil navlari zamonaviy agrotexnik yondashuvlar asosida 76×10 sxemada qo‘shqator usulida ekilgan. Shuningdek, maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish ishlari belgilangan uslubiy qo‘llanma talablari asosida tashkil etilgan. Ayni paytda g‘o‘za navlarining rivojlanish holati barqaror. Etefon va Avguron preparatlarining belgilangan me’yorlar asosida qo‘llanilishi, defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarining to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida dalalardan yuqori hosil olish kutilmoqda. O‘rganish davomida vazir dalalarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni ijobiy baholab, mavsum davomida fermerlar uchun tashkil etilgan seminarlarda berilgan tavsiya va ko‘rsatmalar amaliyotda izchil qo‘llanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, hosilni yig‘ib-terib olishga shoshilmasdan, g‘o‘zaning pishib yetilish jarayonlarini inobatga olgan holda terimni maqbul muddatlarda tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.