Milliy markazga Germaniya Federativ Respublikasi Federal Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2030-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq Milliy markaz qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, AKIS ni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va malaka oshirish borasida kelishuvlarga erishib kelmoqda. Xususan, Germaniya davlati bilan ham faol munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. 28-sentabr kuni Germaniya Federativ Respublikasi Federal Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Amanov, Toshkent viloyat AKIS direktori G‘ayrat G‘aniyev va Milliy markaz xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sanjar Adilov O‘zbekiston sharoitga mos o‘simlik navlarini iqlimlashtirish borasida ilmiy hamkorlik qilishni kelishib oldilar.
AKIS UZBEKISTAN